Biznes g‘oya: gul do‘kon biznesini qanday boshlash va qancha daromad topish mumkin?

Jasur Axmedov nega bu biznesni tanlagani, gul do‘konini qanday ochish mumkinligi va ishga tushirish xarajatlari haqida “Spot"ga so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


O‘zbekistonda 1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?

Spot iyul oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


El-yurt umidi jamg‘armasining birinchi stipendiya tanloviga arizalar qabuli boshlandi

Joriy yilda xorijda bakalavr, magistratura hamda PhD darajalarini olish uchun jami 500 o‘ringa mo‘ljallangan grantlar taqdim etiladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Poytaxt bank’ni sotish bo‘yicha BAA kompaniyasi bilan kelishuvga erishildi.
    Bond Investments limited kompaniyasi bank ustav kapitalidagi 100% aksiyalar paketini $10 mlnga sotib olish taklifini bildirgan.
  2. “UzAuto Motors ulushi kamaymoqda” — kompaniya bosh direktori Bo Anderson.
    Kompaniya rahbari avtomobillarga ko‘rsatiladigan servis xizmatining narxi raqobatchilarnikiga nisbatan 2−3 barobarga arzon ekanini qayd etdi.
  3. O‘zbekistondagi 208ta mahallada servis kompaniyasi tashkil etiladi.
    Bunday tashkilotlar mahallalarni obodonlashtirish bilan shug‘ullanib, shartnoma asosida kommunal tarmoqlarni ta’mirlash, chiqindilarni saralash va tashish xizmatlarini ko‘rsatadi.
  4. O‘zbek va qoraqalpoq tillari uchun Tilmoch tarjimoni ishga tushirildi.
    Tahrirchi startapining platformasi o‘zining “machine learning” modeli asosida ishlaydi.
  5. “Elektr energiya ishlab chiqarish bo‘yicha hech qanday muammo yo‘q” — Energetika vazirligi.
    Vazirlik elektr energiyasini yetkazib berishning kamayishiga oid xabarlarga izoh berib, bunga tariflar oshirilishi fonida aholining elektrdan tejamkorlik bilan foydalanishi sabab bo‘lganini qayd etdi.
  6. Jizzaxdagi BYD zavodi elektromobillar ishlab chiqarishni boshladi.
    Qo‘shma korxona o‘z mahsulotlarini mintaqa mamlakatlari bozorlariga olib chiqishni maqsad qilgan.
  7. Issiq ob-havo tufayli poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi.
    Cheklovlar natijasida poyezdlar harakat jadvalidan kechikib harakatlanishi, sovutish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkin.
  8. Aholidan chiqindini sotib olish tajribasi yo‘lga qo‘yildi.
    Endilikda fuqarolardan qayta ishlanadigan chiqindilar xarid qilinib, ularga keshbek taqdim etib boriladi.
  9. Yoshlarga til sertifikatini olishda o‘qish xarajatlarini qoplashga 1 mln so‘mgacha beriladi.
    2027-yilgacha imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish uchun to‘planishi lozim bo‘lgan sertifikat darajasining minimal ko‘rsatkichi pasaytiriladi.
  10. Chet tilini biladigan talabalarga maktab, kollej va texnikumlarda ishlashga ruxsat etiladi.
    Buning uchun talabalar OTMlarning xorijiy til filologiyasi ta’lim yo‘nalishida 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi kerak.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

“Bugun Balton Trading Asia yetakchilikni qo‘lga kiritdi, chunki u O‘zbekistondagi eng zamonaviy omborxonalardan birini qurdi” — Andrey Shmelkov

CMWP konsalting kompaniyasining qurilish boshqaruvi departamenti loyiha direktori Andrey Shmelkov O‘zbekistondagi omborxona ko‘chmas mulki bozori, Balton Trading Asia tomonidan A toifali ombor qurilishi, uning o‘ziga xosligi va “yashil” standartlarga muvofiqligi haqida gapirib berdi.

Siberian Welness O‘zbekistonda agrobiznesni qanday qo‘llab-quvvatlaydi

Farg‘ona vodiysidagi bog‘lar korxonaga yangi daromad manbai, O‘zbekiston esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yangi masʼuliyatli ishlab chiqaruvchga ega bo‘lmoqda.

Uzum ICT4Girls dasturlash olimpiadasining respublika bosqichida hamkorlik qildi

Milliy raqamli ekotizim olimpiadaning 12 g‘olibiga planshet va noutbuklar topshirdi.