Joriy yilning 10-iyunidan 2024/2025 o‘quv yili uchun akademik litseylarga qabul boshlandi.

Unga maktablarning joriy yilgi 9-sinf bitiruvchilari hujjatlarini my.edu.uz portali orqali onlayn topshirishlari mumkin.

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tizimga ID-karta yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma ma’lumotlarini kiritishlari kerak.

Shu bilan birga, quyidagi hujjatlarni elektron (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan 3tagacha akademik litseyning bittadan mos yo‘nalishini tanlashi (bunda ta’lim tili bir xil bo‘lishi kerak) va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.

Shu bilan, nomzodlar o‘zlari tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlariga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60ta bo‘lib, shundan 20tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlashga qaratilgan.

Shuningdek, ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha jami 40ta test savollari tushadi.

To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 146 ballni tashkil etadi hamda uni quyidagicha taqsimlash mumkin:

  • IQ — 1.1*20 =22;
  • 1-fan — 3.1*20=62;
  • 2-fan — 3.1*20=62.

Qabul jarayonlari joriy yilning 10-iyuligacha davom etadi. Arizalar havola orqali qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Call-center” raqamlari orqali olish mumkin. Qabulga doir rasmiy bot: @eduuzuniversalbot.


Avvalroq magistraturaga qabul boshlangani haqida xabar berilgandi. Arizalarni magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulgacha jo‘natish mumkin.