“E-notarius.uz” axborot portali notarial idoraga bormasdan amalga oshiriladigan harakat turlari uchtaga ko‘paydi. Bu haqda Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O‘rinbayeva xabar berdi.
Endilikda er va xotinning umumiy mol-mulkni, shu jumladan ko‘chmas mulkni tasarruf etish bo‘yicha bitim tuzish uchun xotin yoki erning rozilik arizasini elektron olish mumkin bo‘ladi.
Avtomototrnasport vositasini tasarruf etish (sotish, hadya, qilish, ayirboshlash, garovga qo‘yish va boshqa turdagi tasarruf qilish) ishonchnomasini ham onlayn rasmiylashtirish mumkin.
Shuningdek, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlash videokonferensiya orqali ham notarial rasmiylashtiriladi.
Yil boshida vazirlik avtomototransport vositalarining oldi-sotdi jarayonlarini onlayn tarzda amalga oshirish imkoniyatini yaratgandi.
May oyida avtomobillarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun yig‘im miqdori kamaytirilgandi. Buning uchun avvalgi narx — 34 ming so‘m miqdorida to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.