“Neuralink” 2024-yil iyun oyi oxirida ikkinchi bemorga miya chipini o‘rnatishi kerak edi, biroq bemorning sog‘lig‘i tufayli operatsiya to‘xtatildi. Bu haqda “Bloomberg” Barrou nevrologik instituti bosh direktori Maykl Lottonga tayanib yozmoqda.
Bemorning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar bor edi, bu esa uni eksperimental qurilmani sinab ko‘rish uchun yaroqsiz nomzodga aylantirdi.
Qayd etilishicha, operatsiya ehtimol, 2024-yil iyul oyida amalga oshiriladi. “Neuralink” izoh so‘roviga javob bermadi.
May oyida “Neuralink” AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasidan “Telepatiya” miya implantatini ikkinchi bemorga joylashtirishga ruxsat olgandi.
Biroq, Ilon Maskning kompaniyasi birinchi bemor bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish majburiyatini oldi.
Qayd etilishicha, yangi implant o‘ta yupqa simlarni miyaga yanada chuqurroq joylashtirmoqchi.
Mask 28-yanvar kuni neuralink implantatsiyasining inson miyasiga muvaffaqiyatli joylashtirilgani haqida xabar bergandi.
Fevral oyida birinchi bemori sichqonchani fikrlash orqali boshqarishni o‘rgangani haqida ma’lum qilindi.
Ilon Mask bemor to‘liq tuzalib ketganga o‘xshaydi va unda hech qanday nojo‘ya ta’sirlar yo‘qligini ma’lum qildi.
Birinchi ko‘ngilli, 29 yoshli Nolan Arbo, taxminan sakkiz yil oldin baxtsiz hodisa tufayli falaj bo‘lganini va bu uning yelkasidan pastda hech narsani sezmasligini aytdi.
Arbo o‘z fikr kuchi bilan kursorni noutbuk ekranidagi shaxmat taxtasi bo‘ylab siljitib, bo‘laklarni qayta tartibga solishi mumkin edi.
Biroq, Arbo miyasiga o‘rnatilgan simlarning aksariyati zaiflashdi va endi uning fikrlarini kursor harakatiga aylantirish uchun zarur bo‘lgan elektr signallarini o‘qimadi.
Avvalroq “Spot” “Neuralink” ko‘zi ojizlar uchun qurilmani taqdim qilgani haqida yozgandi.
Ilon Maskning ma’lum qilishicha, qurilma nomi Blindsight deb nomlanib, maymunlarda ishlamoqda.