O‘mon sultonligi O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy qildi, deya xabar bermoqda mamlakatning O‘zbekistondagi elchixonasiga tayanib, “Dunyo” axborot agentligi.
Endilikda o‘zbekistonliklar mamlakatga tashrif buyurganlarida 14 kun davomida vizasiz bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.
Shu bilan birga, mamlakatda mazkur muddatdan ko‘proq vaqt mobaynida bo‘lishni istagan fuqarolar O‘monga kirish paytida aeroportning o‘zida kirish vizasini rasmiylashtirishlari mumkin.
O‘zbekiston fuqarolari vizasiz kirishlari mumkin bo‘lgan davlatlar soni 32taga yetdi. Bundan tashqari, fuqarolar 28ta davlatga kirgach, viza olishlari mumkin. 15ta davlatga kirish uchun esa elektron viza beriladi.
Ma’lumot uchun, 2021-yilning 1-martidan boshlab Ummon fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga 10 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilingan.
Joriy yilning 10-iyunidan AQSh elchixonasi yangi viza olish tizimini ishga tushirdi. Endi arizachilar har qanday talab etiladigan viza to‘lovlarini suhbat sanasidan oldin to‘lashadi.
Avvalroq Tailand hukumati 36ta mamlakat, shu jumladan O‘zbekiston uchun ham vizasiz rejimni joriy qilishi haqida xabar berilgandi.
Biroq, O‘zbekiston TIV mamlakatda viza rejimining uzaytirilishi to‘g‘risida rasmiy ma’lumot e’lon qilinmaganini, bu tartibni soddalashtirishga qaratilgan hukumat qarori mavjud ekanligini qayd etdi.