1-iyul kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, tumanning “Bektemir”, “Husayn Bayqaro”, “Abay”, “Oltintopgan”, “Ustozlar”, “Iqbol”, “Mirishkor” hamda “Chashma” MFYlarning ayrim hududlarida soat 10:00dan 14:00gacha elektr energiyasi yetkazib berilmaydi.
Shuningdek, tumanning “Nurli yo‘l”, “Musaffo” va “Sohil” FYAlarning ayrim hududlaridagi iste’molchilar soat 09:00dan 14:00gacha tarmoqdan uziladi.
Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.
1-maydan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun tariflar oshirilib, ijtimoiy norma belgilandi. Elektr uchun bazaviy tarif (oyiga 200 kVt/soatgacha) 450 so‘mni tashkil etadi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” elektr energiyasi iste’molini hisoblash kalkulyatorini ishga tushirdi. Kalkulyatordan havola orqali foydalanish mumkin.
Energetika vazirligi elektrni yetkazib berishning kamayishiga oid xabarlarga izoh berdi. Bunga tariflar oshirilishi fonida aholining elektrdan tejamkorlik bilan foydalanishi sabab bo‘lgani qayd etildi.
O‘zbekistonda elektrni o‘chirganlik uchun hududiy elektr tarmoqlari javobgarligini kuchaytirish rejalashtirilmoqda. Mahalliy IT-kompaniya elektr energiyasidagi uzilishlar tufayli hamkorlar oldidagi majburiyatlarning buzilganligi haqida shikoyat qildi.