O‘zbekiston moliya sektori jadal rivojlanmoqda. Mamlakatda banklar va moliya institutlari soni ortib borayotganligi sababli zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash masalasi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Shu nuqtai nazardan, tajriba va soha bo‘yicha bilimga ega tashkilotlar bilan hamkorlik qilish ayniqsa muhimdir. Shunday kompaniyalardan biri BS/2 bo‘lib, u innovatsion yechimlar va uskunalar bilan ta’minlash orqali O‘zbekiston bank sektorini modernizatsiya qilishga muvaffaqiyatli ko‘maklashmoqda.

Digital Uzbekistan 2024 PLUS-forumi raqamli transformatsiya sohasidagi zamonaviy tendensiyalarni muhokama qilish uchun bank va chakana savdo sektori vakillarini birlashtirdi. Tadbirning asosiy homiysi BS/2 bo‘ldi.

reklama

BS/2 bosh direktorining o‘rinbosari Kirill Ovsyannikov va Ipak Yo‘li Bank`ning joriy faoliyat va chakana biznesni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Umid Xojibekov forumda O‘zbekistonda SMART-ATM tarmog‘ini kengaytirish loyihasi tafsilotlarini taqdim etishdi.

So‘nggi yetti yil ichida mamlakatda 850ta zamonaviy o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmalari o‘rnatildi. Ularning yordami bilan valyutani almashtirish, o‘zini o‘zi inkassatsiya qilish, QR-kodi orqali to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

Kapitalbank`ning biznesni texnik qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Denis Koxayev naqd pul qabul qilish va berish qurilmalari bankning raqamli ekotizimiga qanday kiritilayotganligi haqida batafsil ma’lumot berdi. Aynan BS/2 bankning texnologik hamkori bo‘lib, bankomatlar tarmog‘ini modernizatsiya qilishda ishtirok etadi.

BS/2 Penki Kontinentai kompaniyalar guruhining bir qismidir. Kompaniya 30 yildan ortiq vaqt davomida banklar, moliya institutlari hamda savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot va texnologik yechimlarni yaratadi. BS/2 bosh ofisi Vilnyusda joylashgan. Sho‘ba korxonalari dunyoning sakkizta mamlakatida taqdim qilingan.

reklama

20 yildan ortiq vaqt davomida BS/2 kompaniya uchun asosiy mintaqalardan biri bo‘lgan O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda mamlakatda kompaniyaning 13ta mintaqaviy markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda, ularda 70dan ortiq malakali mutaxassislar ishlaydi.

reklama

Forumda BS/2 bank va chakana savdo yo‘nalishlari uchun bir qator innovatsion yechimlar hamda keng ko‘lamli uskunalar lineykasini taqdim etdi. Stendda quyidagilar namoyish etildi:

  • Diebold Nixdorf tomonidan ishlab chiqarilgan DN Series bankomatlarning yangi avlodi;
  • dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining to‘lov terminallari;
  • naqd pulni hisoblash va qayta ishlash qurilmalari;
  • Sargent va Greenleaf elektron qulflari;
  • Oberthur Cash Protection banknotlarni zararsizlantirish aqlli tizimi;
  • Q-Net elektron navbat tizimi.

BS/2ning quyidagi flagman dasturiy yechimlari taqdim qilindi:

  • DS Center.iQ — qarorlarni qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimi;
  • ATMeye.iQ NG — xavfsizlik, monitoring va nizolarni hal qilish tizimi;
  • Cash Management.iQ — naqd pul aylanishini optimallashtirish va boshqarish tizimi;
  • Payments.iQ NG — o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmalarida to‘lovlar va qo‘shimcha xizmatlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi (QR-kodlaridan foydalanish, bankomatlarda valyuta ayirboshlash);
  • Mobile ATM Control — mobil ilova yordamida bankomatni boshqarish.

reklama

Digital Uzbekistan forumi davomida dasturiy yechimning yangi avlodi — Payments.iQ NG namoyish etildi, bu o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmalarining funksional imkoniyatlarini kengaytirib, ularni haqiqiy Smart ATMga aylantiradi.

Bankomatdan qanday qilib o‘zini o‘zi inkassatsiya qilish va kartasiz pul yechish mumkinligini BS/2 mahsulotlarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Sergey Krayko tushuntirmoqda.

Bundan tashqari, forum doirasida Toshkentda yangi BS/2 ofisining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. IT Park yaqinidagi zamonaviy biznes markazida 750 kv m maydonda kompaniya xodimlari uchun ish maydoni, shuningdek, dunyodagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning mashhur bank uskunalari modellari bilan jihozlangan ko‘rgazma xonasi joylashgan.

Forumning muhim voqeasi BS/2 va Trastbank xususiy aksiyadorlik banki o‘rtasidagi strategik sheriklik to‘g‘risidagi memorandum bo‘ldi. Hujjatni Penki Kontinentai kompaniyalar guruhi boshqaruvi raisi Idrakas Dadashovas va Trastbank XAB boshqaruvi raisi o‘rinbosari Ziyovuddin Ko‘rganov imzoladilar. Ushbu bitim O‘zbekiston moliya sektorini birgalikda ishlash va mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Hamkorlik ilg‘or yechimlarni joriy etish va bank xizmatlari sifatini yaxshilashga qaratilgan. ATM tarmog‘ining kengayishi, qurilmalarning yangi funksional imkoniyatlarining paydo bo‘lishi va yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlash Trastbank xususiy aksiyadorlik bankining xizmat ko‘rsatish darajasini yanada samarali va ishonchli qiladi.

BS/2 kompaniyasining dasturiy yechimlari tufayli Trastbank`ning yangi o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmalari AQSh dollarini o‘zbek so‘miga almashtirish imkoniyatini yaratmoqda. Bankomatlar o‘rnatilgan Payments.iQ NG tizimi orqali chet el valyutasi va uning moduli FCX.iQ bilan ishlaydi. Trastbank va BS/2 hamkorligi yaqin kelajakda tadbirkorlar uchun foydali bo‘lgan yana bir funksiyani ishga tushirishni nazarda tutadi. 2024-yil oxirigacha bankomatlar kichik va o‘rta biznes segmentidagi mijozlar daromadlarini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“Trastbank xususiy aksiyadorlik banki bilan hamkorlik ikki yildan beri davom etmoqda. Dastlab, bank bizni sherik sifatida baholadi, bizning imkoniyatlarimiz va yondashuvlarimizni sinab ko‘rdi. Ushbu davr muvaffaqiyatli bo‘lib, hamkorlikni mustahkamlashga imkon berdi. Biz nafaqat qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqdamiz — biz strategik hamkorlikni shakllantirmoqdamiz, bunda bank mijozlariga eng ilg‘or va talab yuqori yechimlarni taklif qilish uchun biz bilan maslahatlashadi.

Memorandum imzolanishi har ikki tomon uchun ham muhim qadamdir. Biz ushbu yutuqdan faxrlanamiz va strategik hamkorligimiz katta natijalarga keltirishiga va moliya sektorini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shishiga aminmiz", — dedi Kirill Ovsyannikov.

reklama

“BS/2 bilan hamkorlik davrida biz bankimizning o‘ziga xos belgisiga aylangan bankomatlarni yetkazib berish bo‘yicha bir nechta shartnomalar tuzdik. Birinchi partiya 2023-yilda sotib olingan va muvaffaqiyatli sinovdan so‘ng biz yana 100ta qurilmani o‘rnatishga qaror qildik.

Ushbu qadamlar bizga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirish va mijozlarimizga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatini beradi. Bugungi memorandumning imzolanishi BS/2 bilan strategik hamkorligimizni mustahkamlaydi va keyingi rivojlanish uchun yangi istiqbollarni ochadi. Ishonchimiz komilki, birgalikdagi sa’y-harakatlar bank xizmatlarini yaxshilash uchun eng zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan yechimlarni joriy etishga yordam beradi", — dedi Trastbank XAB boshqaruvi raisining o‘rinbosari Ziyovuddin Ko‘rganov.

BS/2 shuningdek, O‘zbekistondagi hamkor banklarga Excellence Award 2024 mukofotlarini taqdim etib, hamkorlarning muvaffaqiyatlarini nishonladi. Bu ularning bank sektorini rivojlantirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etishga qo‘shgan hissasini o‘ziga xos tan olish bo‘ldi.

reklama

“Bir necha yillardan beri o‘tkazib kelinayotgan PLUS forumi mintaqadagi eng yirik tadbirga aylandi. Biz ushbu tadbirni sanoatning yetakchi o‘yinchilari bilan tajriba va g‘oyalar almashish uchun noyob platforma sifatida ko‘ramiz. Bu yerda biz mijozlarimiz va hamkorlarimiz bilan bevosita muloqot qilishimiz, qimmatli fikr-mulohazalarni olishimiz va bozorning hozirgi ehtiyojlari haqida bilib olishimiz mumkin. Biz innovatsion va samarali yechimlarni taklif qilish orqali O‘zbekiston bank infratuzilmasini rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shishimiz mumkinligidan faxrlanamiz”, — dedi BS/2 mintaqani rivojlantirish bo‘yicha menejeri Nikolay Jelnins.

Forumning asosiy tadbirlaridan tashqari, BS/2 bank mutaxassislari uchun ATM and Cash Optimization deb nomlangan maxsus seminar o‘tkazdi. Tadbir O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Gruziyaning 18 banki vakillari naqd pulni boshqarishning ilg‘or usullarini va bankomatlar faoliyatini optimallashtirishni muhokama qilib, ishtirokchilarga qimmatli bilim va tajriba orttirish imkonini berdi.

reklama

Digital Uzbekistan 2024 PLUS forumi BS/2 uchun texnologik yechimlarni namoyish etish va biznes hamjamiyati bilan aloqalarni mustahkamlash uchun muhim platforma bo‘ldi. Kompaniya O‘zbekistonning bank sektorini rivojlantirishga katta hissa qo‘shishda davom etmoqda, shu bilan birga mintaqadagi moliya institutlari uchun ishonchli sherik bo‘lib qolmoqda.

Сайт: bs2.lt
Facebook: fb.com/bs2solutions
LinkedIn: linkedin.com/bs2solutions
Youtube: BS/2

Reklama huquqlari asosida.