2024-yilning yanvar-may umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan 447 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Shundan 89,4 mlrd so‘mi, ya’ni 20%i 20ta korxona hissasiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 1,1 trln so‘mni, soliq imtiyozlari esa 20,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Yanvar-may oylarida eng ko‘p soliq to‘lagan umumiy ovqatlanish korxonasi “Mak Food Servis” — “Evos” brendi bo‘ldi. Korxona tomonidan 26,5 mlrd so‘m soliq to‘langan.
Shuningdek, korxonaning tovar aylanmasi 330 mlrd so‘mni, qo‘llanilgan soliq imtiyozlari 5,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Ikkinchi o‘rinda “KFC” tarmog‘ining O‘zbekistondagi franshizasi — “International Foodchain” turibdi. Kompaniya 285 mlrd so‘m aylanma bilan 16,8 mlrd so‘m soliq to‘ladi.
Kuchli uchlikni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining umumiy ovqatlanish sho‘ba korxonasi “Ketring” kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Korxona besh oyda 147 mlrd so‘mlik aylanmasi bilan 14,6 mlrd so‘m soliq to‘lagan.
Quyida 20ta umumiy ovqatlanish korxonalari har birining tovar aylanmasi, to‘langan soliqlari va imtiyozlari ko‘rsatilgan:
№ | Kompaniya nomi | Tovar aylanmasi, mlrd so‘mda | To‘langan soliqlar, mlrd so‘mda | Soliq imtiyozlari, mlrd so‘mda |
1 | “Mak Food Servis” (Evos) | 330 | 26,5 | 5,5 |
2 | “International Foodchain” (KFC) | 285 | 16,8 | 5,2 |
3 | “Ketring” | 147 | 14,6 | 2,6 |
4 | Euro Asia Lider Service | 13,5 | 5,3 | 1 |
5 | Blackpilaf | 41,4 | 2,7 | 0,5 |
6 | Savdo | 47 | 2,5 | - |
7 | Aviatika | 8,4 | 2 | - |
8 | Good Food Catering | 18,9 | 2 | - |
9 | Vanilla Food | 28,3 | 1,9 | 0,3 |
10 | PJ Eastern Group | 11,7 | 1,7 | - |
11 | Concept Catering | 8,5 | 1,7 | 0,2 |
12 | Ol Foodchain | 5,5 | 1 | 0,3 |
13 | Xonobod Fayz Taomlari | 12,1 | 1,4 | - |
14 | Sirovarnya Super Food | 32,3 | 1,4 | - |
15 | Sayohat-Travel | 10,6 | 1,4 | 0,6 |
16 | Efendi Co Ltd | 5,6 | 1,3 | - |
17 | Alfa Best | 26,9 | 1,2 | 3,8 |
18 | Maxway Food | 48,1 | 1,2 | 0,2 |
19 | Nishon Invest | 7,6 | 1,2 | - |
20 | Ohangaron Turon Baraka | 7,6 | 1,1 | - |
Avvalroq “Spot” sug‘urta kompaniyalarini yirik soliq to‘lovchilar deb hisoblash taklif etilayotgani haqida yozgandi.
Shu bilan birga, to‘qimachilik korxonalari va pivo ishlab chiqaruvchilarni ushbu toifadan chiqarish rejalashtirilmoqda.