Raqamli rivojlanish vazirligi IT-sohasida yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun “Freelance Forum” o‘tkazilishini e’lon qildi.
Tadbirda Raqamli rivojlanish vazirligi rahbariyati frilanserlarni “IT Park” rezidentligiga qabul qilishga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazadi.
Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev tomonidan 28-iyun kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bildirilgan tashabbuslar ijrosi muhokama qilinadi.
Unda Shavkat Mirziyoyev texnoparkda rezidentlik va IT-frilanserlari uchun soliq imtiyozlarini e’lon qilgan edi. Bundan tashqari, u ofis, tibbiy va sport xizmatlaridan foydalanish uchun ularni ijtimoiy kartalar bilan ta’minlash rejalarini ma’lum qildi.
Forumda ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak. Shuningdek, prezident tashabbuslarini amalga oshirishga qaratilgan qaror loyihasi bo‘yicha taklif va g‘oyalarni qoldirish mumkin.
Forum 6-iyul kuni “IT Park” bosh ofisi Kongress-xollda bo‘lib o‘tadi. Tadbir soat 11:00da boshlanadi.