Yangi haydovchilik guvohnomasini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O‘rinbayeva xabar berdi.
Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanish mumkin va buning uchun hech qanday hujjatlar talab qilinmaydi. Barcha ma’lumotlar tizimda mavjud.
Ariza beruvchi portalda ro‘yxatdan yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va ariza yuboradi. Murojaat holatini ham real vaqtda kuzatib borish mumkin.
Bunda foydalanuvchining ID-karta yoki biometrik pasportidagi rasmdan foydalanishga rozilik bildiradi, rasmdan foydalanishdan rad etgan taqdirda yangi rasmga tushish uchun DXM yoki Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalariga tashrif buyuradi.
Kompyuter yoki mobil telefon yordamida shakllangan yangi haydovchilik guvohnomasiga imzo chekadi.
Xizmat pullik asosda ko‘rsatilib, Yagona portal orqali to‘lov miqdori 238 ming so‘mni tashkil etadi.
To‘lovlarni amalga oshiradi va arizada belgilangan davlat xizmatlari markaziga tashrif buyuradi yoki qo‘shimcha to‘lov evaziga pochta xizmati orqali 2 ish kunida haydovchilik guvohnomasini arizachi bergan manziliga yetkazib beriladi.
Xizmatdan havola orqali foydalanish mumkin.
2023-yilning yanvar oyidan eski haydovchilik guvohnomalarini onlayn almashtirish imkoniyati yaratilgandi. Aprel oyida portal orqali guvohnomani onlayn olish imkoniyati yaratilishi ma’lum qilingandi.
Avvalroq avtomobilni tasarruf etish uchun ishonchnomani onlayn olish imkoniyati yaratildi. Avtomototrnasport vositasini tasarruf etish (sotish, hadya, qilish, ayirboshlash, garovga qo‘yish va boshqa turdagi tasarruf qilish) ishonchnomasini ham onlayn rasmiylashtirish mumkin.