Turizm qo‘mitasi huzuridagi Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitasi modulli mehmonxonalar tasniflash tizimini ihslab chiqdi, deya xabar bermoqda boshqarma matbuot xizmati.
Hujjat bunday muassasalar uchun toifalar tizimini tasdiqlaydi. Unda binolar va xonalarning texnik jihozlanishi, sanitariya-gigiyena sharoitlari, mebellar, jihozlar, jamoat joylari, xodimlarni o‘qitish va boshqalar kabi mezonlardan foydalaniladi.
Toifalar uchta “I”, “II”, va “III” toifa bo‘yicha tasniflanadi. Eng yuqori toifa “I” (birinchi), eng past “III” (uchinchi) toifa hisoblanadi.
Masalan, barcha modulli mehmonxonalar o‘z xonalarida Wi-Fi bo‘lishi kerak, I toifadagi mehmonxonalar uchun esa jamoat joylarida ham ulanishi shart. Bundan tashqari, hashamatli mehmonxonada elektr generatori va issiq suv ta’minoti bo‘lishi kerak.
Xonadagi televizorning diagonali kamida 32 dyuym (81,28 sm), hashamatli mehmonxona uchun esa 43 dyuym (109,22 sm) bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, eng yuqori sinf sifatida tasniflash uchun har bir xonada mini muzlatgich va elektr choynak bilan jihozlangan bo‘lishi talab qilinadi.
“I” toifani olishning boshqa shartlariga koridorlar va jamoat joylarida videokuzatuvning mavjudligi, valyuta ayirboshlash va barcha transport turlari uchun chiptalarni bron qilish imkoniyati, shuningdek, barcha xodimlarning xorijiy tillarni bilishi kiradi.
Barcha talablarni ushbu havola orqali ko‘rish mumkin. Hujjat 19-avgustdan kuchga kiradi.
Avvalroq “Spot” Qoraqalpog‘istondagi mehmonxonalarga 20 mln so‘m subsidiya berilishi haqida yozgandi.
Subsidiyani ilgari yulduz toifasiga ega bo‘lmagan va 3 yulduzli toifaga aylantirilgan mehmonxonalar olishi mumkin.