Paynet 2024-yil 20-may kuni aksiyadorlik jamiyati bo‘ldi. O‘zgarishlar boshqa kompaniyalar yordamisiz amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2023-yil 30-noyabrdagi PQ-381 sonli qaroriga binoan, 2024-yil 1-iyuldan O‘zbekistondagi to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlari o‘z faoliyatini aksiyadorlik jamiyati shaklida amalga oshirishlari lozim.
Qaror raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, iste’molchilar huquqlari himoyasini kuchaytirish, shuningdek, aholining raqamli moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida qabul qilindi.
Yangi qarorning kuchga kirishi nafaqat kompaniya tuzilishida qator o‘zgarishlarni, balki foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish borasida shaffoflikni ham ta’minlaydi.
Shu tariqa Paynet o‘zining paynet.uz saytiga bir necha qo‘shimchalar kiritdi, bu orqali foydalanuvchi nafaqat xizmatlar va funksiyalar bilan tanishib chiqishi, balki quyidagilarni ham topishi mumkin:
- ichki hujjatlar — ustav, litsenziyalar, kompaniya to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- foydalanuvchilar uchun tez-tez beriladigan savollarga javoblar bilan yaxshilangan yordam ko‘rsatish sahifasi;
- kompaniyaning 2024−2025-yillar uchun rivojlanish strategiyasi, shuningdek, xizmatni boshqarish haqidagi ma’lumotlar.
Ushbu transformatsiya kompaniya maqsadini rivojlantirish va unga erishishda muhim qadamdir: har bir foydalanuvchi joylarda kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirishidan tortib, turli raqamli mahsulotlar va xizmatlarni sotib olishgacha bo‘lgan barcha muhim moliyaviy masalalarni hal qila oladigan universal platformaga aylanish. Paynet platformasi orqali uy-joy kommunal xizmatlari, internet va uyali aloqani o‘z ichiga olgan 1500 dan ortiq xizmat uchun to‘lovlar qabul qilinadi.
Ilovani quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin.
Sayt: paynet.uz
Facebook:fb.com
Instagram: @paynet.uz
Telegram: t.me/Paynetuz_official
Reklama huquqlari asosida.