Uzum Bank va Mastercard xalqaro to‘lov tizimi mutaxassislarining bepul onlayn kursida bank kartalaridan nafaqat foydali, balki xavfsiz foydalanish uchun bilish kerak bo‘lgan barcha ma’lumotlar to‘plangan.

“Bank kartalari, naqd pulsiz to‘lov xizmatlari va bank ilovalari kundalik muammolarni hal qilishda qulay va ishonchli yordamchiga aylanishi mumkin, ammo ulardan to‘g‘ri foydalana olish muhim. Bizning kursimiz aynan shu narsaga bag‘ishlangan. Va biz eng murakkab terminlarni ham oddiy tilda tushuntiramiz, sodda kundalik misollar keltiramiz”, — dedi Uzum Media rahbari Valeriya Bulycheva.

“Bank kartasini mohirona boshqarish bo‘yicha kurs” sakkizta moduldan iborat — kartalarning paydo bo‘lish tarixi va ishlash algoritmidan tortib, xavfsiz to‘lov qoidalari, kredit va debet kartalaridagi farqlar va to‘lov texnologiyalarini rivojlantirishgacha. Kurs tajribali foydalanuvchilar uchun ham, birinchi kartasini buyurtma qilishni rejalashtirganlar uchun ham foydali bo‘ladi.

“Mastercard kartalaridan foydalanganda foydalanuvchilarimiz o‘zlarini ishonchli va xavfsiz his qilishlari biz uchun juda muhimdir. Kurs doirasida biz do‘konda yoki internetda to‘lashda ulardan qanday foydalanish, biz taklif qilayotgan texnologiyalar va innovatsiyalarni va kelajakda bizni nima kutayotgani haqida aytib beramiz” — dedi Mastercard`ning O‘zbekistondagi bosh direktori Denis Filippov.

Bank kartalarini boshqarish bo‘yicha bepul onlayn kursni Uzum Media platformasida quyidagi havola orqali ko‘rsa bo‘ladi.

Reklama huquqlari asosida.