Rossiyaning “Rteam” IT-kompaniyasi “Platforma” deb nomlangan “YouTube"ning yangi mahalliy analogi taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda “TACC” nashri xabar berdi.
Taqdimotda taqdim etilgan slaydlarga ko‘ra, “Platforma” interfeysi “YouTube” interfeysini to‘liq takrorlaydi.
Asosiy sahifada tavsiyalar tasmasi bo‘ladi, shuningdek, videolarni qidirish, vertikal videolar tasmasi (Shortsga o‘xshash) va saqlangan hamda yoqtirgan videolar bo‘limi bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, o‘lchamlari 4K gacha bo‘lgan videolarni “Platforma"ga yuklash mumkin bo‘lib, rus va ingliz tillari uchun avtomatik subtitrlar qo‘llab-quvvatlanadi.
“Platforma"ning algoritmlari Rossiyaga tegishli videolarni taklif qiladi va albatta zararli kontentni blokirovka qilish uchun o‘z tizimi bo‘ladi.
“Rteam” bosh direktori Andrey Talyzinning ta’kidlashicha, “Platforma” sekundiga 240 mingta so‘rovga dosh bera oladi.
Bundan tashqari, barcha kontentni boshqa saytlardan, masalan, “YouTube”, “RuTube” yoki “VK Video"dan o‘tkazish uchun yordamchi dastur mavjud.
Avvalroq “Spot” Ilon Mask televizorlar uchun “YouTube” analogini ishga tushirishi haqida yozgandi.
Ilova kelasi hafta ishga tushirilishi kutilmoqda hamda u “Amazon” va “Samsung” televizorlariga o‘rnatiladi.
Qayd etilishicha, yangi ilova boshqa televizorlarga o‘rnatilgan “YouTube” ilovasi bilan bir xil ko‘rinadi: