“Apple” 2026-yilga borib yangi kamera modullariga ega “AirPods"larni ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda Bu haqda “9to5mac” nashri tahlilchi Ming-Chi Kuoga tayanib xabar berdi.

Kuoning so‘zlariga ko‘ra, yangi “AirPods” “iPhone” va “iPad"dagi “Face ID” modulida qo‘llanilgan kameraga o‘xshash infraqizil kameraga ega bo‘ladi.

Xabar qilinishicha, “Apple kompaniyasining maqsadi kamera bilan jihozlangan “AirPods"larni “Vision Pro” va kelajakdagi “Apple Vision” garnituralari bilan integratsiya qilishdir.

Yangi “AirPods"lar fazoviy audio foydalanuvchi tajribasini yaxshilash va fazoviy hisoblash ekotizimini mustahkamlash uchun “Vision Pro” va kelajakdagi “Apple” garnituralari bilan ishlatilishi kutilmoqda.

Masalan, foydalanuvchi “Vision Pro” bilan video tomosha qilayotgan va ushbu yangi “AirPods"larni kiyganida, agar foydalanuvchi boshini ma’lum bir tomonga qarasa, fazoviy audio/hisoblash tajribasini yaxshilash uchun bu yo‘nalishdagi audio manbasini ajratib ko‘rsatish mumkin.

Bundan tashqari, hisobotda aytilishicha, “AirPods"dagi infraqizil kamerasi atrofdagi tasvirdagi o‘zgarishlarni aniqlay oladi.

Qayd etilishicha, bu inson va qurilma o‘zaro ta’sirini yaxshilash uchun havodagi imo-ishoralarni boshqarish imkonini beradi.


Avvalroq “Spot” “Apple” ekranli “AirPods” g‘iloflarini chiqarishi mumkinligi haqida yozgandi.

G‘ilofning old tomonidagi sensorli ekran joriy trek, ijro navbati va batareya quvvati haqidagi ma’lumotlarni smartfondan foydalanmasdan ko‘rish imkonini beradi.