Bugungi kunda insonning zarur ehtiyojlari qatorida dori-darmon ham muhim rol o‘ynaydi. Ehtiyoj ortgani sari farmatsevtika sohasiga qo‘yilayotgan talablar ham O‘zbekistonda farmatsevtika sohasi va xaridorlar talabiga javob beradigan dasturlardan biri — “Oson Apteka”.

Respublikada “Oson Apteka” tizimini ommalashtirish maqsadida 21-iyun kuni taqdimot o‘tkazildi. Tadbirda tizimning ishlash tartibi, dorixona biznesini boshqarish va farmasevtika mahsulotlarini dorixonalarga yetkazish, hamyonbop narx, qulay kassa kabi jihatlari tanishtirildi, dasturning imkoniyatlari haqida keng ma’lumot berildi.

Tadbir davomida tadbirkorlarda yuzaga kelgan savol va muammolarga “Oson Apteka” tomonidan yechim va takliflar bildirildi.

reklama

Kompaniya mijozlarga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:

  • “Oson Apteka” — qulay va sodda tartibga ega dori izlash dasturi;
  • “Oson Kassa” — tez va ishonchli kassa dasturi;
  • “Oson Price” — ulgurji savdo platformasi;
  • “Oson Report” — farmatsevtika bozori bo‘yicha tahlil va hisobotlar.

“Oson Apteka” tizimi farmatsevtika sohasida yuqori texnologiyalar, tushunarli va foydalanishga qulay platforma, hamyonbop narx va sifatli xizmat ko‘rsatish orqali yuqori natijalarga erishib kelayotgan kompaniyalardan biri. Bundan tashqari farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga qadar bo‘lgan tizimning har bir bosqichini raqamlashtiruvchi tizim bo‘lib, butun respublika bo‘ylab 2000 dan ortiq dorixonlar va 2 milliondan ortiq aholi ushbu tizimdan foydalanadi. Misol tariqasida, birgina Android platformasida 1 milliondan ortiq foydalanuvchi mavjud.

Foydalunuvchi “Oson Apteka” tizimi orqali dori mahsulotlarini ortiqcha vaqt sarflamasdan izlash, dorixona manzili va bog‘lanish ma’lumotlariga ega bo‘lish, shu orqali izlangan mahsulotni sotib olish va narxlarni solishtirish imkoniyatiga ega.

reklama

“Oson Kassa” dasturi boshqa dasturlardan MXIK kodlari va Referent narxlari doimiy yangilanib borishi, ko‘p funksionallikka egaligi, soda va osonligi, hamda yuqori darajadagi sifatli servisga egaligi bilan ajralib turadi.

“Oson Price” platformasi foydalanuvchilarni o‘zida mujassam qilgan katta tovarlar va distributorlar bazasi, hamda farmatsevtika biznesini yuqori samara bilan yuritish uchun muhim bo‘lgan imkoniyatlari bilan o‘ziga jalb qiladi.

Tadbirda ishtirok etgan tadbirkorlardan biri “Oson Apteka” tizimi haqida quyidagi ijobiy fikrlarni bildirib o‘tdi:

“Biz ish faoliyatimizda boshqa dasturdan foydalanardik, shu sababli, MXIK kodlar va soliq bilan bog‘liq muammolar kelib chiqa boshladi. Ombor boshqaruvi uchun aqlli tizim kerak edi, ba’zi mahsulotlar zararga ishlayotgan edi. Hozir „Oson Apteka“ taqdimotida turli servislarini ko‘rsatishyapti, deyarli hamma muammolarimga yechim taklif qilishyapti. Bundan xursandman, albatta. Tizim ayniqsa, yaxshi servisi bilan ajralib turarkan. Boshqa tadbirkorlarga ham tavsiya qilaman”.

reklama

“Oson Apteka” kelajakda o‘z mijozlariga ilg‘or xizmatlarni taqdim etish uchun doimiy ravishda rivojlanib boradi. Kompaniya yangi xizmat turlarini joriy qilish va mijozlarining ehtiyojlarini qondirish uchun ishlashda davom etadi.

“„Oson Apteka“ bilan hammasi Oson”.

Telefonlar: (+998) 71−203−67−66, (+998) 88−978−99−66.

Sayt: osonapteka.uz
Instagram: @osonapteka
Telegram: t.me/osonapteka_uz

Reklama huquqlari asosida.