Xodjayev Marufxon Maqsudovich “Hududgazta'minot” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bungacha, 2019-yilidan bugungacha mazkur lavozimda Bahodir Eshmurodov ishlab kelayotgandi.
Marufxon Xodjayev “Hududgazta'minot” rahbari etib tayinlangunga qadar Andijon viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
O‘z navbatida, Xodjayev mazkur lavozimga 2023-yilning avgustida tayinlangandi. Ungacha esa, Transport prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.