O‘zbekiston smartfon bozorida tobora o‘z o‘rnini mustahkamlayotgan Tecno kompaniyasi yaqinda ikkita yangi smartfonlar seriyasini taqdim etdi. Bulardan birinchisi geymerlar uchun maxsus ishlab chiqarilgan Tecno Pova 6 bo‘lsa, ikkinchisi dizayn va kameraga eʼtibor qaratadigan smartfon ishqibozlari uchun mo‘ljallagan Camon 30 hisoblanadi. Mazkur smartfonlar dastlab Rossiyada sotuvga chiqarilgan edi. U yerda aholi tomonidan iliq kutib olinganidan so‘ng, O‘zbekistonda ham Tecno smartfonlari rasmiy sotuvi boshlandi.

Xitoyning Transsion Holdings sho‘ba korxonasi hisoblangan Tecno Mobile 2006-yilda tashkil etilgan. Dastlabki yillarda Tecno Afrika mamlakatlari aholisini mobil qurilmalar bilan taʼminlashga e’tibor qaratdi va u yerda tezda yetakchi mobil telefon brendlaridan biriga aylandi. Kompaniyaning afrikalik iste’molchilarning o‘ziga xos ehtiyojlarini tushunishi uni raqobatchilardan ajratib turardi.

Mobil fotografiyaning o‘sib borayotgan ahamiyatini his qilgan Tecno 2013-yilda Camon seriyasini ishga tushirdi. Ushbu seriya smartfonlari ilg‘or kamera xususiyatlarini hamyonbop narxga integratsiya qila olgani bilan hozirgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Mazkur seriya ishlab chiqarilgandan so‘ng brendning boshqa rivojlanayotgan bozorlarga, jumladan, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyoga kengayishi uning global ishtirokini yanada mustahkamladi.

2019-yilda Tecno kompaniyasining Rossiya bozoriga kirishi uning o‘sish trayektoriyasida yana bir muhim bosqich bo‘ldi. Boshqa rivojlanayotgan bozorlardagi o‘z tajribasidan foydalangan Tecno rossiyalik iste’molchilar orasida tezda mashhur bo‘lgan bir qator smartfonlarni taqdim etdi.

2021-yilda Tecno o‘zining birinchi 5G smartfonini ishga tushirdi, bundan tashqari kompaniya O‘zbekiston bozoriga kirib kela boshladi. 2023-yilga kelib, Tecno dunyoning 60dan ortiq mamlakatlarida rasmiy faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

Tecno Camon 30

Shu munosabat bilan kompaniya 2024-yilda yanada yuqoriroq ko‘rsatkichlarni zabt etish uchun Tecno Camon 30 smartfonini taqdim etdi. Ushbu smartfon nafaqat flagmanlarga xos kuchli kamerasi, balki tabiatdan ilhomlanib yaratilgan nafis dizayni bilan o‘z segmentidagi boshqa telefonlardan ajralib turadi. Masalan, optik stabilizatsiyaga ega 50MP asosiy kamera bilan kechki vaqtlarda ham yorqin suratlar tushirish mumkin. Smartfon asosiy kamerasi optik stabilizatsiyaga ega bo‘lgani sababli video yoki suratlarda yaqinlashtirganda ham sifat buzilmasdan saqlanib qoladi. Shuningdek, ushbu model “Eye Tracking” xususiyati bilan boyitilgan 50MP old kamera bilan jihozlangan bo‘lib, foydalanuvchilarga hatto kam yorug‘lik sharoitida ham tiniq va yorqin tasvirlarni suratga olish imkonini beradi.

Professional kameralarga xos funksiyalardan tashqari, Tecno Camon 30 6,78 dyuymli ko‘zni himoyalovchi 120Hz AMOLED displeyga ega bo‘lib, mazkur displey uzoq vaqt foydalanish paytida ko‘zning zo‘riqishini kamaytiradi. Smartfonda, shuningdek, foydalanuvchilarga tezda quvvatlash va ko‘proq aloqada qolish imkonini beruvchi 70W tezkor quvvatlash funksiyasi ham mavjud.

Tecno Camon 30 smartfonining tabiatdan ilhomlangan nafis dizayni estetika nuqtai nazaridan takrorlanmas smartfonga aylantiradi. Shu tufayli Tecno Camon 30 o‘zining ilg‘or xususiyatlari va innovatsion dizayn elementlarining noyob kombinatsiyasi bilan ajralib turadi.

Smartfonning to‘liq xarakteristikasi esa quyidagicha:

  • displey: 120 Gs yangilash chastotasi va 1080×2436 pl aniqlikdagi 6,78 dyuymli AMOLED ekran;
  • protsessor: Mediatek Helio G99 Ultimate chipseti, sakkiz yadroli protsessor va Mali-G57 MC2 GPU;
  • xotira: 12 GB operativ xotira va 256 GB ichki xotira bilan mavjud;
  • asosiy kamera: 50 MP kenglikdagi linza va 2 MP chuqurlik sensori bilan juft sozlash imkoniyati;
  • selfi kamera: “Eye Tracking” xususiyatiga ega 50MP keng obyektivli old kamera;
  • akkumulyator: 70W simli quvvatlash quvvatiga ega olinadigan 5000 mAh sig‘imli akkumulyator (45 daqiqada 0 dan 100% gacha).
  • boshqa xususiyatlar: displeydagi optik barmoq izi sensori, akselerometr, gidro, yaqinlik sensori, kompas, dual karnaylar, Wi-Fi 802.11, Bluetooth 5.3, GPS, NFC, FM radio va OTG bilan ishlaydigan USB Type-C 2.0;
  • ranglar: “Iceland Basaltic Dark,” “Uyuni Salt White” va “Sahara Sand Brown”.

Tecno Pova 6

Tecno kompaniyasi faqatgina kamera ixlosmandlari uchun hamyonbop narxdagi smartfonlarga ixtisoslashib qolmagan. Buni o‘yin uchun moslangan Pova seriyasi misolida ham ko‘rish mumkin. Ayniqsa 2024-yil taqdim etilgan Tecno Pova 6 geymfoni ko‘p mablag‘ sarflamasdan ham mobil geymingdan zavqlanish mumkinligini isbotladi. Tecno Pova 6 asosiy ajralib turadigan tarafi — uzoq vaqtga yetuvchi akkumulyator hamda o‘yinlarda qotmasdan ishlash imkoniyatini taqdim etadigan texnik xususiyatlari. Masalan, Pova 6 smartfonining 24GB (12GB tezkor xotira RAM va 12 GB virtual RAM operativ xotira) operativ xotirasi foydalanuvchilarga har qanday o‘yinlardan bahramand bo‘lishga yordam beradi. Yuqori aniqlikdagi 108MP asosiy kamera va 32MP old kamera foydalanuvchilarga suratlar yoki videolar olayotganda har bir lahzani yuqori aniqlik bilan suratga olish imkonini beradi.

6000 mAh sig‘imli batareya esa bitta quvvatlashda uzoq vaqtgacha mobil o‘yinlarni o‘ynash imkonini taqdim etadi. Bundan tashqari, Pova 6 geymfonining 70W tezkor quvvatlash funksiyasi smartfonni geymerlar uchun a’lo tanlovga aylantiradi. Biroq Pova 6 faqatgina kuchli texnik ko‘rsatkichlari bilan cheklanib qolmagan. Smartfonning g‘ayrioddiy va jozibali dizayni isteʼmolchilarga o‘zgacha hissiyotlar beradi.

Mazkur geymfonning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagicha:

  • displey: 120Hz yangilash chastotasi 6,78 dyuymli FHD+ AMOLED displeyga ega bo‘lib, ravon tasvirni taqdim etadi;
  • protsessor: Mediatek Helio G99 Ultimate chipseti, sakkiz yadroli protsessor (2×2,2 GHz Cortex-A76 va 6×2,0 GHz Cortex-A55) va Mali-G57 MC2 GPU-ni o‘z ichiga oladi;
  • xotira: 12GB tezkor xotira RAM va 12 GB virtual RAM operativ xotira va 256GB ichki xotira bilan mavjud.
  • asosiy kamera: bitta 108 MP kenglikdagi linza to‘rtta LED chaqnash bilan. U 30fps va 30/60fps tezlikdagi videolarni suratga olishi mumkin;
  • selfi kamera: 30fps va 30/60fps tezliklarda video yozib olish qobiliyatiga ega, Dual-LED ikki tusli chaqnashga ega 32 MP keng obyektiv;
  • akkumulyator: smartfonning 6000 mAh batareyasi 70W simli quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi va atigi 20 daqiqada 50% quvvatlash va 50 daqiqada to‘liq quvvatlash imkonini beradi;
  • boshqa xususiyatlar: chang va suv sachrashiga chidamli IP53 standarti, ekran ostidagi optik barmoq izi sensori, akselerometr, gidro, yaqinlik sensori, kompas, stereo karnaylar hamda Hi-Res va Hi-Res simsiz audioni qo‘llab-quvvatlash;
  • ranglar: “Interstellar Blue” “Comet Green” va “Meteorite Grey”.

Tecno brendining mazkur smartfonlari nisbatan hamyonbop segmentga mansub bo‘lsa ham, o‘zida flagmanlarga xos xususiyatlarni mujassam etgan. Ushbu smartfonlarni ISHONCH, Idea, Goodzone, Elmakon, “Техно-логика”, T-store, Radius, Joybox, Diskont, Openshop, Uzum Market, Telefonchi, Zoodmall yoki Fleshka savdo markazidagi ko‘plab do‘konlardan xarid qilish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.