O‘zbekistonliklar payvandchilar Latviyaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qabul qilingan ishchilarga 1500 yevro (soliqlar ushlangandan keyin) miqdorida ish haqi taqdim etiladi.

Ish haftada 5 kun bo‘lib, ishchilar bepul yashash joyi, tibbiy sug‘urta bilan ta’minlanadi. Shuningdek, bajarilgan ish hajmiga qarab, turli bonuslar beriladi.

Nomzodlar 18−45 yosh oralig‘ida, TIG, MIG/MAG payvandlash sertifikatiga, kamida 4 yillik rasmiy ish tajribasiga ega bo‘lishlari kerak.

Bundan tashqari, chizmalarni o‘qish ko‘nikmasiga bo‘lishi, rus yoki ingliz tilini bilishi hamda jismonan sog‘lom bo‘lishi talab etiladi.

Viza va Latviyaga borish bilan bog‘liq xarajatlarni qabul qilingan ishchilarning o‘zlari tomonidan qoplanadi.

Mazkur talablarga mos keluvchi fuqarolar havola orqali 5-iyul, soat 18:00gacha ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Suhbat vaqti va joyi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Batafasil ma’lumotlarni 71 202 33 55, 71 200 00 61 yoki 1282 qisqa raqami orqali olish mumkin.


Avvalroq Latviya kompaniyasi o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga jalb qilishi haqida xabar berilgandi. Avtomaktablar platformasida yuk mashinalari haydovchilarini tayyorlash uchun maxsus simulyatorlar tashkil etiladi.