O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana oshdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 603,72 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 3 so‘m 67 tiyinga oshdi.
Bungacha dollar kursi 27-iyun, 26-iyun, 25-iyun, 24-iyun, 21-iyun, 20-iyun, 13-iyun, 11-iyun, 10-iyun, 7-iyun va 6-iyun kunlari pasaygandi.
15-may kuni dollar kursi yana rekord darajani qayd etib, 12 727 so‘mni tashkil etgandi.
2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 ming so‘m chegarasidan o‘tgandi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.