Raqobat qo‘mitasi elektr quvvati ortiqcha hisoblananayotgan holatlarni o‘rganadi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda hisoblagichlarning elektr quvvatini ortiqcha hisoblayotganligi va bu qo‘shimcha xarajatlarga sabab bo‘layotganligi yuzasidan iste’molchilar tomonidan murojaatlar tarqalib, bu keng jamoatchilikning e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Mazkur holatlarni joylarga chiqqan holatda o‘rganib, muammolarni manzilli hal etish choralarini ko‘rish maqsadida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tezkor ishchi guruh tashkil etildi.
Ishchi guruh tarkibiga Raqobat qo‘mitasi bilan birgalikda, “O‘zenergoinspeksiya”, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” vakillari jalb qilingan.
Ushbu holatlarni o‘rganish davomida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.
Iste’molchilardan yuqoridagi kabi muammoli holatlar yuzasidan Raqobat qo‘mitasining 1159 yagona ishonch 1159 raqamiga yoki “Telegram” messenjerida @rquzBot orqali murojaat qilishi mumkin.