“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” “S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan birinchi kredit reytingini oldi.
Kompaniyaga O‘zbekistonning suveren reytingiga muvofiq “Barqaror” prognozi bilan “BB-” uzoq muddatli kredit reytingi berildi.
Reyting agentligi reytingni baholash doirasida bir vaqtning o‘zida kompaniyaning kreditga layoqatlilik xususiyatlarini (SACP) “bb+” darajasida baholadi.
2023-yil yakuniga ko‘ra, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” 2,9 mln unsiya oltin ishlab chiqargan, jahonda to‘rtinchi yirik oltin ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi.
Kompaniyaning aylanma kapitalda o‘zgarishgacha operatsion faoliyatdan pul oqimi (FFO) qarzga nisbatan ko‘rsatkichining 60%dan barqaror oshishi bilan ajralib turadi.
O‘tgan yil yakuni bo‘yicha “NKMK"da oltinning bir unsiyasi uchun ishlab chiqarishning umumiy xarajati (TCC) $745ni tashkil etdi va reyting agentligi baholagan kompaniyalar orasida eng past ko‘rsatkichlardan biridir.
“S&P Global Ratings” reyting agentligi relizida oltin narxining qulay konyunktura sharoitida “NKMK” tomonidan kelgusi yillarda yuqori operatsion va moliyaviy ko‘rsatkichlarga erishishi ta’kidlandi.
Avvalroq “S&P” “O‘zsanoatqurilishbank” va “Asakabank"ni xususiylashtirish vaqt talab etishi haqida ma’lum qilgandi.
Kimyo sanoatidagi yirik loyihalar gaz importini oshiradi, bu esa to‘lov balansi uchun risklarni yuzaga chiqaradi.