6-iyul kuni Toshkentda xususiy ta’lim sohasi vakillari uchun davra suhbati bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Savdo-sanoat palatasi.
Tadbir avgust oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan prezident va tadbirkorlar o‘rtasidagi ochiq muloqotga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etilmoqda.
Uchrashuvda sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflarni shakllantirish maqsadida davra suhbati o‘tkaziladi.
Xususiy oliy o‘quv yurtlari, maktablar, o‘quv markazlari vakillari mutasaddilarga muammo va takliflarini bildirishlari mumkin bo‘ladi.
Davra suhbati “Yangi O‘zbekiston” universitetida soat 10:00da boshlanadi. Ishtirok etish uchun Savdo-sanoat palatasining (+998) 78 150−60−06 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib ro‘yxatdan o‘tish kerak.
Joriy yilda Qoraqalpog‘istonda ochiq muloqot o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tayyorgarlik doirasida korxonalar muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha hududiy guruhlar, shuningdek, turli yo‘nalishlar bo‘yicha yanada chuqurroq tahlil qilish uchun ekspert guruhlari tuzilmoqda.