Yangilandi: soat 13:57 holatiga onlayn kontraktatsiya jarayoni yakunlanib, “Chevrolet Cobalt” xaridi uchun jami 14 250 dona shartnoma tuzildi.
Avvalroq “UzAuto Motors” kompaniyasi “Chevrolet Cobalt” avtomobili uchun navbatdagi kontraktatsiyani ochishi haqida xabar berilgandi.
To‘lovi o‘z vaqtida amalga oshirilmagan, bekor qilingan hajmlar uchun shartnoma berish jarayoni 5-iyul kuni soat 10:00da boshlandi.
Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Sotuvga chiqarilayotgan avtomobil hajmi hozircha ma’lum emas.
“Telegram"-bot hamda “UzAvtosavdo” ilovasi navbatni kuzatish xizmatini va mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.
Kompaniya bundan oldin, 21-iyun kuni 25 ming dona “Cobalt” uchun onlayn kontraktatsiyani ochgandi. Taklif etilgan barcha hajm uchun 9−10 soat ichida shartnoma tuzildi.
“UzAuto Motors” “Cobalt”, “Damas” hamda “Labo” ommabop avtomobillari narxlarini oshirishni hamda sotuv bo‘yicha yangi tizim joriy etishni rejalashtirmoqda. Xususan, mazkur avtomobillar uchun narxlar 3,5%dan 6,7%gacha oraliqda qayta ko‘rib chiqiladi.