O‘zbekistonliklar IT-sohasi bo‘yicha Yaponiyaga ishga jalb qilinadi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Agentlik va Yaponiyaning “CAL Co. Ltd” tashkiloti rahbariyati o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Unda kompaniya vakillari tomonidan aprel oyida Toshkentda tashkil etilgan IT hamda yapon tiliga tayyorlash kurslari faoliyati haqida ma’lumotlar almashildi.
Tomonlar fuqarolarni Yaponiyaga ishga jalb qilish maqsadida hamkorlik memorandumini imzoladi.
Xususan, kelishuvga asosan 200 nafar o‘zbekistonlik mamlakatning IT va elektrotexnika sohalari bo‘yicha ishlariga qabul qilinadi.
Fuqarolar Yaponiyaga qurilish va ishlab chiqarish sohalarida ishga taklif etilgandi. Nomzodlar yapon tilini bilishi, maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan bo‘lishi kerak.
Yil boshida mamlakatning qurilish kompaniyalari assotsiatsiyasi o‘zbekistonliklarni ishga jalb qilishi xabar berildi.Yil yakunigacha 300 ming nafar mehnat migrantining O‘zbekistonga qaytishi kutilmoqda.
Avvalroq “Spot” o‘zbekistonliklar Ispaniyaga ishga jalb qilinishi mumkinligi haqida yozgandi. Mamlakatdagi 200 mingta davlat ko‘chmas mulkini qurishga 700 ming nafar ishchi yo‘naltiriladi.