Toshkent aeroporti uchib ketish zali yonida yong‘in yuz bergan. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar berdi.
Mahalliy vaqt bilan soat 11:20 da Toshkent xalqaro aeroporti vokzal oldi maydonida yangi “Terminal” kafesida yong‘in kelib chiqgan.
Voqea joyiga zudlik bilan aeroport va shahar o‘t o‘chirish bo‘limlari yetib kelgan. Yong‘in soat 11:47 da o‘chirilgan. Yong‘in natijasida 5 kv.m maydonga zarar yetkazilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q, hodisaga esa oshxonadagi kichik yong‘in sabab bo‘lgan.
“Uzbekistan Airports” matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkent xalqaro aeroporti normal rejimda ishlamoqda.
Avvalroq Toshkent xalqaro aeroportida “Terminal” restorani ochilgani haqida xabar berilgandi.
Qayd etilishicha, restoran iyul oyining o‘rtalariga qadar test rejimida ishlaydi, keyin esa 24 soatlik ish rejimiga o‘tadi.