Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi qo‘mitasi Afg‘onistondan olib kelingan anor ta’mli gazlangan ichimliklar tarkibida zararli moddalar borligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Har bir partiyalar tegishli laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilib keltirilgan mahsulot partiyasiga sanitariya-epidemiologik xulosalar berilgan.

Keltirilgan mahsulotlar tarkibida zaharli yoki inson salomatligiga zarar keltiruvchi moddalar aniqlanmagan.

Hozirda Afg‘oniston respublikasida ishlab chiqarilgan “Anor” ta’mli mahsulotlardan qayta namunalar olinib, nazorat tartibida laboratoriya tekshiruvlari olib borilmoqda.

Bugungi kunga qadar aholi tomonidan aynan ushbu mahsulotning sifatsizligi va iste’mol qilish oqibatida zaharlanganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushmagan.

Qirg‘izistonda 3-iyuldan boshlab “Golden Life” anor ichimligi sotuvdan olib tashlanadi, deya xabar berdi “24.kg”.

Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklarning oldini olish va sanitariya nazorati departamenti tegishli buyruq berdi.

Laboratoriya tekshiruvlari natijalariga ko‘ra, ichimlik tarkibida bolalarning faolligi va hushyorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan azorubin (E122) bo‘yog‘i topilgan.

Chakana savdo tarmoqlari rahbarlariga ushbu mahsulotlarni sotishni taqiqlash to‘g‘risida buyruqlar beriladi.


Avvalroq “Spot” “MOXITO” tovar belgisidan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yilgani haqida yozgandi.

Farg‘onada korxona huquq egasining ruxsatisiz tovar belgisidan foydalanib kelganligi aniqlandi.