“Apple” plastik korpusli birinchi “Apple Watch” ustida ishlamoqda. Bu haqda “Bloomberg” jurnalisti Mark Gurman xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi korpus katta ehtimol bilan, “Apple Watch SE 3” bilan taqdim qiliandi.
“Alyuminiydan plastmassaga o‘tish narxlarni pasaytirish maqsadida amalga oshiriladi”, deb hisoblaydi Gurman.
Hozir budjet variantli “Apple Watch SE” narxi $249 dollar turadi. Ehtimol, metalldan voz kechib, “Apple"' keyingi aqlli soatlar narxini $200gacha pasaytiradi.
Shunday qilib, “Apple” boshqa kompaniyalarning arzon smart-soatlari bilan raqobatlashmoqchi.
“Apple Watch SE 3” shu yil yoki keyingi yilning sentabr oyida chiqarilishi mumkin. Shu bilan birga, “Apple Watch Series 10"ning yubiley soati bir necha oy ichida taqdim etiladi.
Avvalroq “Spot” “Apple” joriy yilning kuzida ikkita yangi iPad chiqarishi haqida yozgandi.
Kompaniya iPhone 16 bilan birgalikda iPad mini va standart iPad’ni taqdim qilishi mumkin.