E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.


“Spot” O‘zbekiston banklarida xorijiy valyutadagi oflayn va onlayn depozitlar qanday o‘zgarganini o‘rgandi.

Mavzuga doir: so‘mdagi eng daromadli omonatlar bilan bu yerda tanishish mumkin.

Hozirda mavjud 35ta bankdan 26tasida xorijiy valyutada omonatlarni joylashtirish mumkin bo‘lib, ular olti oydan uch yilgacha saqlanadi.

Depozitlarni oflayn tarzda ham, onlayn ham ochish mumkin. Omonat ochishda talab etiladigan minimal summa miqdori uning turiga qarab farqlanadi. Masalan, aksariyat banklarda oflayn depozit qo‘yishning minimal miqdori $10, onlaynda esa $500ni tashkil qiladi.

Maqola chop etilgan vaqtda mazkur valyutadagi omonatlarning eng yuqori stavkasi (9%) — “Mikrokreditbank” va “Anorbank” tomonidan 24 oyga, undan keyin esa (8%) Кapitalbank”, “Universalbank” va “Anorbank”da taklif etilmoqda. “Universalbank”, “Davrbank” va “Asakabank” esa 7,5%lik omonat turini taklif qiladi.

Ro‘yxat foiz stavkalarining yuqoriligi tartibida tuzilgan. Ma’lumotlar banklarning rasmiy saytlari va Telegram kanallaridan olindi.

Bank nomi
Stavka
Minimal summa
Muddati (oy)
Rasmiylashtirish
To‘ldirish/qisman yechib olish
Mikrokreditbank
9%$10024oflayn+/-
Anorbank9%$100024onlayn+/-
-/-
Kapitalbank***
8%
$100
25
oflayn
-/-
Universalbank
8%
$20018oflayn-/-
Davrbank
7,5%
$100
25
oflayn
+/+
Asakabank
7,5%$5024onlan/oflayn+/-
Ziraat Bank Uzbekistan*
7,25%
$500
24oflayn
+/-
Turonbank
7,2%
cheklanmagan
18
onlayn
+/-
Garant bank*
7%$50018onlayn/oflayn+/-
Orient Finans Bank
7%
$1 000 000
36
oflayn
-/+
$500 000+/+
Trastbank*
7%$100024oflayn+/-
O‘zsanoatqurilishbank
7%$50018onlayn/oflayn-/-
Hamkorbank
7%$50 00018oflayn-/-
Agrobank
7%
$100
24
onlayn/oflayn
-/-
Poytaxtbank
7%-6%$10013−25oflayn-
InfinBank*
6,5%$100024onlayn/oflayn+/+
Aloqabank
6,5%
$100
24
onlayn/oflayn
+/+
TBC Bank
6,5%$10024onlayn+/-
Ipotekabank**
6%
cheklanmagan
13
oflayn
-/-
Ipak yo‘li banki
6%$100024oflayn+/-
Octobank***
6%
$200
36
onlayn
-/-
Madad Invest Bank
6%$10013oflayn+/+
Asia Alliance Bank
5%
$100
18
onlayn
-/-
O‘zmilliybank
5%
-
27
onlayn/oflayn
+/-
Biznesni rivojlantirish banki
5%
$100
13oflayn
-/+
Xalq banki
4,5%
$10
18
oflayn
+/-

*omonat kiritilgan sanadan boshlab 6/7/12 oy davomida qo‘shimcha badal kiritish mumkin.
**3 oygacha qo‘shimcha miqdorni kiritish mumkin.
***omonat qo‘yilgandan keyin omonatchi dastlabki 12 oy davomida yillik 6% stavka bo‘yicha, 12 oydan keyin (13-oydan) yillik 8% miqdorida hisoblangan foizlarni oladi. Shuningdek, “Octobank"da ham birinchi 24 oy davomida 6%, 25−36 oylar davomida 2% foiz stavkasi to‘lab beriladi.


Aksariyat banklarda depozitni muddatidan oldin yopish imkoniyati mavjud. Saqlash muddatiga qarab foizlar kamaytirilishi yoki to‘lanmasligi mumkin.