Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali fuqarolardan One ID tizimi uchun murakkab parol tanlash kerakligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, xakerlik forumlaridan birida deyarli 10 mlrd noyob parollarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi paydo bo‘ldi.

Shu sababli, mutaxassislar parollarni imkon qadar tezroq o‘zgartirishni va murakkabini tanlashni tavsiya etmoqda.

“O‘z navbatida, One ID tizimi uchun ham murakkab parol tanlash kerak. Chunki oson parol egasi firibgarlarning eng zaif o‘ljasiga aylanadi”, — deyiladi xabarda.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali parollarni qanday almashtirish haqida videoqo‘llanma taqdim qildi.


Avvalroq “Spot” Yagona portal orqali yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ustidan shikoyat qilish mumkinligi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, mazkur funksiya 1-sentabrdan ish boshlaydi. Yuborilgan shikoyat esa 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.