Joriy yilning 8-iyulidan Toshkent shahar IIBB YHXB ning Yunusobod tumani O.Zokirov ko‘chasi (sobiq Gvardeyskaya) 2-uyda joylashgan ro‘yxatdan o‘tkazish, imtihon olish bo‘limi vaqtincha yopiladi.

Bu yerda qurilish va qayta ta’mirlash ishlari boshlanganligi sababli fuqarolarga vaqtincha xizmat ko‘rsatilmaydi.

Quyida fuqarolarga xizmat ko‘rsatayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB ro‘yhatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limiga qarashli bo‘linmalarining manzillari keltirilgan:

  • Mirobod tumani Beshkent ko‘chasi 43-uy (Fayzobod)
  • Mirobod tumani Vodil ko‘chasi 53-uy (Uzbum)
  • Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi 118 “a"-uy (Sobir Rahimov)
  • Sergili tumani Sergili avtomashina bozor hududida.

Avvalroq haydovchilik guvohnomasini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgani haqida xabar berilgandi. Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanish mumkin. Buning uchun hech qanday hujjat talab qilinmaydi.

Shuningdek, endilikda avtomototrnasport vositasini tasarruf etish (sotish, hadya, qilish, ayirboshlash, garovga qo‘yish va boshqa turdagi tasarruf qilish) ishonchnomasini hamonlayn olish mumkin.