Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarga xatolarini tuzatish uchun imkoniyat beradi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Biznes vakillari 2023-yilning 1-yanvaridan chop etilgan onlayn-NKT va elektron cheklarda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni tahrirlashlari mumkin.
Qayd etilishicha, buning uchun hozirda texnik imkoniyat yaratilmoqda.
O‘z navbatida, qo‘mita tadbirkorlarga ham tegishli tayyorgarlik choralarini ko‘rishni tavsiya qilmoqda.
Bundan tashqari, cheklarni tahrirlash bo‘yicha to‘liq qo‘llanma qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.
May oyida ijtimoiy tarmoqlarda soliq xodimlari tomonidan tekshiruvlar o‘tkazish, onlayn-kassa mashinasidan foydalanishni talab qilish holatlari bo‘yicha tadbirkorlar shikoyatlari e’lon qilingandi.
Shundan keyin, qo‘mitasi Onlayn-NKTni tanlash tadbirkorlarning o‘z ixtiyorida ekanligini qayd etdi.