Joriy yilning sentabr oyidan Xitoydagi “Microsoft” xodimlari ish akkauntlariga kirish uchun faqat “iPhone” qurilmalaridan foydalanishlari mumkin, deb yozadi “Bloomberg”.
Agar xodimda “Apple” smartfoni bo‘lmasa, kompaniya unga ish maqsadida bepul “iPhone 15” taqdim etadi.
Qayd etilishicha, qaror kompaniyaning xavfsizlik protokollarini kuchaytirish va potensial kibertahdidlarga qarshi turish maqsadida qabul qilindi.
Ushbu yangilik Microsoft kompaniyasining “Xavfsiz kelajak tashabbusi” (Secure Future Initiative) deb nomlangan global tashabbusining bir qismidir.
Tashabbus “Microsoft Authenticator” parol menejeri va “Identity Pass” ilovasidan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Bu yangilik “Google Play"ning Xitoyda mavjud emasligi bilan ham bog‘liq. Smartfon ishlab chiqaruvchilari “Huawei” va “Xiaomi” o‘zlarining amaliy platformalariga ega.
Ammo “Microsoft” xavfsizlik nuqtai nazaridan bunday qurilmalarning o‘z korporativ resurslariga kirishini cheklashga qaror qildi.
“Secure Future” tashabbusi doirasida kompaniya bulutli xizmatlardagi zaifliklarni tezda bartaraf etish va xodimlar uchun ko‘p faktorli autentifikatsiyani avtomatik tarzda joriy etish uchun sun’iy intellekt va boshqa usullardan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq “Spot” Rossiyada “iPhone” taqiqlanishi mumkinligi haqida yozgandi.
Davlat Dumasiga yagona “RuStore” ilovalari do‘koniga kirmasdan smartfon sotishni taqiqlovchi qonun loyihasi kiritildi.
Unga ko‘ra, “Apple” Rossiyada uchinchi tomon ilovalar do‘konlarini o‘rnatishga ruxsat berish kerak bo‘ladi.
Agar kompaniya buni amalga oshirmasa, mamlakatda iPhone va “Apple"ning boshqa gadjetlarini sotish taqiqlanadi: