Janubiy Koreyaning “Samsung Electronics” kompaniyasining 6500dan ortiq xodimlari dushanba kuni ish tashlashdi, deya xabar berdi “Financial Times”.
Namoyishchilar ish haqini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, haq to‘lanadigan ta’tilni oshirish va mehnat faoliyati uchun, shu jumladan kasaba uyushmasi a’zosi bo‘lmaganlar uchun mukofot tizimini yaxshilashni talab qilmoqda.
Bonus to‘lovlarini hisoblashning amaldagi formulasi soliqlar va boshqa chegirmalarni hisobga olgan holda operatsion foyda va xarajatlar o‘rtasidagi farq bilan belgilanadi.
Agar kompaniya ma’lum vaqt davomida foyda ko‘rmagan bo‘lsa yoki u bilan operatsion xarajatlarni qoplay olmasa, unda xodimlar bonuslarsiz qoladilar. Uyushma formulani qayta ko‘rib chiqishga, undan tegishli ajratmalarni olib tashlashga erishmoqchi.
Qayd etilishicha, ish tashlash uch kun davom etadi. Unda kompaniya xodimlarining chorak qismi ishtirok etadi.
Bu 2024-yildagi ikkinchi bunday aksiya bo‘lib, birinchisi iyun oyi boshida, mahalliy kasaba uyushma a’zolari jamoaviy dam olish kunida sodir bo‘ldi. Bungacha 55 yil davomida “Samsun"g tarixida bunday holat hech qachon bo‘lmagan.
Har ikki ish tashlash 30 mingdan ortiq odamni birlashtirgan “Samsung Electronics” Milliy ittifoqi tashabbusi bilan boshlangan.
Ish tashlash “Samsung"ning yangi mahsulotlari — “Galaxy Unpacked"ning keng ko‘lamli taqdimoti arafasida o‘tkazilmoqda. U 10 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Bo‘lajak tadbirda brend “Samsung” “Galaxy Z Fold” va “Galaxy Z Flip” smartfonlarining yangi, oltinchi avlodini, “Galaxy Watch 7” aqlli soatlari va “Galaxy Buds 3” simsiz quloqchinlarini taqdim etishi kerak.
Avvalroq “Spot” “Samsung” bo‘lim boshliqlari uchun olti kunlik ish haftasi joriy qilishi haqida yozgandi.
Bu harakat kompaniyaning 2023-yildagi natijalari kutilganidan ham yomonroq bo‘lgani uchun amalga oshiriladi.