O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana oshdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 632,88 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 2 so‘m 85 tiyinga oshdi.
Bungacha dollar kursi 9-iyul, 8-iyul, 5-iyul, 4-iyul, 3-iyul va 1-iyul kunlari oshgandi.
15-may kuni dollar kursi yana rekord darajani qayd etib, 12 727 so‘mni tashkil etgandi.
2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 ming so‘m chegarasidan o‘tgandi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.