10-iyul kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, tumanning “Tabassum”, “G‘alaba”, “Istiqbol”, “Bo‘stanobod”, “Shodiyona”, “Islom ota”, “Qichqiriq”, “Oltinsoy”, “Yangi Toshkent”, “Moyariq”, “Ahil”, “Elparvar” hamda “Istiqbol” MFYlarning ayrim hududlarida soat 05:00dan 13:00gacha elektr energiyasi yetkazib berilmaydi.
Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.
Energetika vazirligining qayd etishicha, oshib boruvchi tariflar qo‘llanilishi natijasida iste’molchilarning elektr energiyasi tejamkorligi oshdi. Tizimga yuklamalar kamayib, aholining elektr energiyasidan uzilishlari va avariyalar soni ham kamaymoqda.
O‘tgan yil yoz mavsumining iyun-iyul oylarida yagona energetika tizimida 210 mln kVt/soat majburiy cheklov (iyun — 35 mln kVt/soat, iyul — 175 mln kVt/soat) kiritilgan.
Joriy yilning iyun oyi va iyul oyining shu kunigacha esa iste’molchilarga barqaror ravishda, cheklovlarsiz (avariyaviy holatlar va dasturlar asosidagi rejali ta’mirlash ishlaridan tashqari) elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.
Avvalroq prezident energiya ishlab chiqarishni oshirish bo‘yicha topshiriq bergandi. Joriy yilda 43 ming holatda tabiiy gaz va elektr energiyasidan o‘g‘irliklar aniqlangan. Mamlakatda “Energetika to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.