Ilon Mask omma oldida “WhatsApp” xavfli ekanligini aytdi. Bu haqda “hi-tech.mail” nashri xabar berdi.
“WhatsApp umuman xavfsiz emas”, deya yozgan Mask “X” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Uning fikricha, ilova foydalanuvchi ma’lumotlarini hech qanday tarzda himoya qilmaydi va bundan tashqari, shaxsiy yozishmalardan kelgan xabarlar asosida reklama taklif qiladi.
Nashrning ta’kidlashicha, bu voqea hech kimni hayratlantirmaydi, chunki messenjer deyarli boshidanoq kuzatuv bilan bog‘liq katta muammolarga duch kelgan.
2018−2019-yillarda bu borada juda ko‘p janjallar bo‘lgan, hatto “Telegram” asoschisi Pavel Durov ham alohida gapirgan edi.
Hammasi 2012-yilda, messenjer xabarlarni shifrlash haqida o‘ylamagan paytda boshlandi. Ular oddiy matnda uzatilgan, Shuning uchun har qanday Wi-Fi provayderi yoki ma’muri ularga kirish huquqiga ega edi.
Keyinchalik ilovada birinchi himoya paydo bo‘ldi, ammo bu jiddiy emas edi. Bundan tashqari, uning kalitlari turli mamlakatlarning davlat idoralari qo‘liga tushdi.
Avvalroq “Spot” “Samsung” “WhatsApp” qo‘ng‘iroqlariga real vaqtda tarjima funksiyasini qo‘shishi haqida yozgandi.
Funksiya foydalanuvchining ovozini real vaqt rejimida tanlangan tilga tarjima qiladi va tarjimaning transkripsiyasini ekranda aks ettiradi.