Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan marokashlik model Kenza Leyli dunyodagi birinchi “Miss AI” go‘zallik tanlovida g‘olib chiqdi. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar berdi.

Tanlov veb-saytiga ko‘ra, uni ishlab chiquvchilar mukofot sifatida $13 ming olishgan.

Sun’iy intellekt modeli “Instagram"da 195 mingdan ortiq obunachiga ega va u yetti tilda gapira oladi.

“The New York Post” gazetasining yozishicha, qiz kecha-kunduz obunachilar bilan muloqot qiladi va “hammani go‘zalligi va kamtarligi bilan hayratda qoldiradi”.

“Mening maqsadim har doim Marokash madaniyatini g‘urur bilan namoyish etish edi”, deydi Kenza Leyli.

U o‘z shon-shuhratini ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va robotlar haqida ijobiy xabarlarni tarqatish vositasi sifatida ishlatishga va’da beradi.

Musobaqada 1,5 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Ikkinchi o‘rinda 118 ming obunachiga ega bo‘lgan Fransiyaning Lalina nomli sun’iy intellekt modeli bo‘ldi. Uchinchi o‘rinni portugaliyalik neyromodel Olivia C egalladi, u sayyohlik blogini boshqaradi.

Ularning ishlab chiquvchilari, mos ravishda $5000 va $2000 miqdorida pul mukofoti oladi.

go‘zallik malikasi, model, sun'iy intellekt, tanlov


Avvalroq “Spot” “TikTok” sun’iy intellektli dublyaj va raqamli avatarlar funksiyasini taqdim etgani haqida yozgandi.

Bu funksiyalar orqali foydalanuvchilar reklama videolarini yaratishlari mumkin bo‘ladi. Funksiya 10ta til, jumladan, ingliz, yapon, koreys va ispan tillarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Avatar turidan qat’i nazar, undagi barcha videolar sun’iy intellekt yordamida yaratilgan deb belgilanadi.