Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari bo‘ylab harakatlanuvchi shaharlararo yo‘lovchi poyezdlari chipta narxi . Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.

“Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024-yilning 25-iyul sanasidan „Qo‘qon-Namangan-Andijon-Marg‘ilon-Qo‘qon“ yo‘nalishidagi shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar chipta narxiga o‘zgartirishlar kiritiladi”, deyiladi xabarda.

Chipta narxlari quyidagi tarxda belgilanmoqda:

qo'qon, namangan, andijon, marg'ilon, poyezd, chipta narxi

Shuningdek, ushbu yo‘nalishlarida harakatlanuvchi barcha shaharlararo yo‘lovchi poyezdlari yo‘lovchilari elektron to‘lov tizimi (ATTO) orqali to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Avvalroq 1-iyuldan mahalliy yo‘nalishlardagi temir yo‘l chiptalari narxi yana oshirilishi haqida xabar berilgandi.

Xususan, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” tez yurar poyezdlarining chiptalar narxi 25%ga oshmoqda.

Masalan, “Toshkent-Qarshi” yo‘nalishidagi poyezd chiptasi ekonom tarifida — 178 250 so‘m, biznes tarifida — 262 805 so‘m qilib belgilanmoqda.

Hozirda mazkur yo‘nalishda chipta narxlari ekonom — 150 600 so‘m, biznes — 218 244 so‘mni tashkil qilmoqda.


Avvalroq “Spot” 15-iyuldan aksariyat poyezdlar qatnovi Toshkent Janubiy vokzalidan amalga oshirilishi haqida yozgandi.

Toshkent-Markaziy vokzalidan yo‘lovchilarni Janubiy vokzalga olib boruvchi bepul avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi.