“Xiaomi” kompaniyasi Pekinda kuniga 24 soat odamlarsiz ishlaydigan, har soniyada smartfon chiqaradigan robot zavodini ochadi. Bu haqda “gizmochina” nashri xabar berdi.
Zavoddagi mahsulotlar sifati mustaqil ravishda ishlab chiqilgan aqlli mashinalar tomonidan nazorat qilinadi.
Ishlab chiqarish jarayoni har soniyada bitta smartfon ishlab chiqarishga qodir ekanligi aytilmoqda.
“Yangi aqlli zavod shunchaki tajriba emas, balki brend uchun allaqachon yetib borgan kelajak yo‘lidagi yana bir qadamdir”, — dedi “Xiaomi” bosh direktori Ley Jun.
Xabar qilinishicha, “Xiaomi” yangi ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun 2,4 mlrd yuan sarmoya kiritgan. Yangi Changping zavodi 81 000 kvadrat metr qurilish maydonini egallaydi.
Shuningdek, u yiliga 10 mln flagman smartfon ishlab chiqarish quvvatiga ega “aqlli ishlab chiqarish bo‘yicha milliy ma’lumot korxonasi” sifatida sertifikatlangan.
Ushbu zavod kelajakda yig‘iladigan telefonlar — “Xiaomi MIX Fold 4” va “Xiaomi MIX Flip” ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Avvalroq “Spot” “Xiaomi” 2026-yilda ikkinchi avtomobilini taqdim etishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, kompaniyaning ikkinchi avtomobili “Tesla Y"ga o‘xshash sport yo‘ltanlamasi bo‘ladi.