“BMW” AQShda 390 mingdan ortiq avtomobillarini qaytarib oladi, deya xabar bermoqda “Reuters” AQSh yo‘l harakati xavfsizligi milliy boshqarmasiga tayanib.

Qayd etilishicha, qaytarib olishga nuqsonli “Takata” xavfsizlik yostiqchalari sabab bo‘lgan.

“Gaz generatorining portlashi o‘tkir metall parchalarini avtomobil haydovchisiga yoki boshqa yo‘lovchilarga qarab sochilishi mumkin, bu esa hayot uchun xavfli jarohatlarga olib kelishi mumkin”, deyiladi AQSh yo‘l harakati xavfsizligi milliy boshqarmasi xabarida.

Kompaniya 2006−2011 yillardagi 3-seriyali sedan (324i, 325i, 325xi, 328i, 328xi, 330i, 330xi, 335i, 335i, 335xi), 2006−2012 yillarda chiqarilgan 3-seriyali sport modellari (325xi, 328i, 328xi) va 2009−2011 yillardagi 3-seriyali sedan (335d) modellarini chaqirib olish mumkin.

“Takata” xavfsizlik yostiqchalari bilan bog‘liq muammolar 2014 yilda aniqlangan. 2017-yil boshida yapon ishlab chiqaruvchisi da’volarni bartaraf etish va tergovni tugatish evaziga AQSh rasmiylariga 1 milliard dollar to‘lashga rozi bo‘ldi.

Jami 100 mln avtomobilda hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan, gaz generatori korpusi vaqt o‘tishi bilan yorilib ketadigan va ishga tushirilganda salonga ko‘plab metall parchalarini tashlab yuborishi mumkin bo‘lgan “Takata” xavfsizlik yostiqchalari topilgan.

Ma’lum qilinishicha, 2009-yildan beri shunga o‘xshash hodisalar 30 martadan ko‘proq o‘limga olib kelgan.


Avvalroq “Spot” “Volkswagen” 84 mingdan ortiq avtomobillarini qaytarib olishi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, avtomobillar dasturiy ta’minot bilan bog‘liq muammolar sabab qaytarib olinmoqda.