Los-Anjelesdadagi “Zirobio” startapi qayta ishlangan qahva quyqumidan tayyorlangan dunyodagi birinchi mexanik qalam — “GRIND Z"ni taqdim etdi. Bu haqda “hi-tech.mail” nashri xabar berdi.
Diametri 5,6 mm bo‘lgan qalam asosi (grifellar) barcha avtomatik qalamlarga mos keladi. Har bir novda kofe ishlab chiqarish chiqindilaridan tayyorlanadi.
Ya’ni, kofe qoldiqlariga maxsus bog‘lovchilar qo‘shiladi, bu kofe zarralarini bir-biriga mahkam yopishib olish va qog‘ozga bir tekis surtish imkonini beradi.
Uning tarkibi iloji boricha sodda: 20% qayta ishlangan qahva va 80% yelim va mum.
Qalam varaqda ochiq jigarrang rang qoldiradi. Turli xil qattiqlik variantlari mavjud. Misol uchun, yumshoq modellar soya uchun mos keladi, chizish uchun esa qattiqroq.
Qalamlarni pichoq bilan yoki oddiy o‘tkirlashtirgich bilan o‘tkirlash mumkin. Ular odatiy grafitdan farqli o‘laroq, yozish paytida qo‘llarda iz qoldirmaydi. Biroq, qog‘ozdagi qahva izlarini o‘chirib bo‘lmaydi.
“GRIND Z” qalamlari rassomlar uchun emas, balki ofis xodimlari, maktab o‘quvchilari va talabalar uchun ko‘proq mos keladi.
Yoqimli bonus sifatida ishlab chiqaruvchi yozishda Arabica qahvasining yoqimli achchiq hidini kafolatlaydi.