Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarga xatolarini tuzatish uchun imkoniyat berishi haqida xabar berilgandi.

Qayd etilishicha, biznes vakillari 2023-yilning 1-yanvaridan chop etilgan onlayn-NKT va elektron cheklarda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni tahrirlashlari mumkin.

Qo‘mitaning aniqik kiritishicha, onlayn-NKT va elektron cheklarda summadan tashqari quyidagi ma’lumotlarni “my3.soliq.uz"da “Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi ma’lumotlari” sahifasidagi “Chek ma’lumotlari” bo‘limida muddatsiz tahrirlashi mumkin:

  • QQS summasi va stavkasini (0/12%);
  • mahsulot va xizmatlar identifikatsiya kodini (MXIK);
  • komitent STIRini;
  • mahsulot miqdorini;
  • o‘lchov birligini;
  • to‘lov turini (naqd pul yoki bank karta).

Tahrirlash ishlari qilingach, “Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

Tadbirkor chek tahrirlanishi natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni o‘z zimmasiga olishi haqidagi murojaatini (faqat bitta fayl) ilova qilishi lozim.

Tahrirlangan cheklar bo‘yicha lozim bo‘lgan taqdirda, soliq hisobotlarini qayta topshirish talab etiladi. Qayta hisobot taqdim etmaslik tavofutlarni keltirib chiqaradi.


Avvalroq “Spot” besh oyda qaysi umumiy ovqatlanish korxonalari eng ko‘p soliq to‘lagani haqida yozgandi.

Yanvar-may oylarida eng ko‘p soliq to‘lagan ovqatlanish korxonasi 26,5 mlrd so‘m bilan Mak Food Servis, ya’ni Evos brendi bo‘ldi.