Raqobat qo‘mitasi sement ishlab chiqaruvchi “Shangfeng-bridge of friendship"ga qarshi antidemping tekshiruvini e’lon qildi.

Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan bir qancha sement zavodlari ta’sischilari boshqarmaga ariza bilan murojaat qilishdi.

Ularga ko‘ra, O‘zbekiston-Xitoy korxonasi o‘z mahsulotlarini tannarxidan past narxlarda sotadi, shu bois mahalliy ishlab chiqaruvchilar bankrotlik yoqasiga kelib qolayotganligi yuzasidan qo‘mitaga murojaat qilingan.

Ushbu holatni atroflicha o‘rganish va mavjud vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Halilillo Turaxujayev Farg‘ona viloyatida mazkur sohadagi tadbirkorlik sub’ektlari bilan ochiq formatda uchrashuv o‘tkazdi.

Ochiq formatda o‘tkazilgan muloqot jarayonida Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlarida faoliyat olib boruvchi 13ta sement ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyekti vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda tadbirkorlar o‘zlarini qiynab kelayotgan sohadagi 5 ta asosiy muammolarni ko‘tardilar.

Andijon viloyatidagi “Shangfeng-bridge of friendship” tomonidan ichki bozorga tannarxdan past narxlarda sement realizatsiya qilinayotganligi holatida demping alomatlari mavjudligini komission tartibda ko‘rib chiqish uchun unga so‘rov kiritilgan.

Ammo ushbu ma’lumotlar vaqtida taqdim etilmaganligi sababli ayni vaqtda “Shangfeng-bridge of friendship” ga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilganligi va ushbu holat qo‘mita nazoratida ekanligi ma’lum qilindi.


Avvalroq “Spot” Raqobat qo‘mitasi Maxam-Chirchiq kompaniyasiga nisbatan ish qo‘zg‘atgani haqida yozgandi.

Mahsulot narxlarini shakllantirishda normativ hujjatlarga rioya etilmagani sababli mineral o‘g‘it narxlari o‘rtacha 10−15%gacha oshgan.