Rossiyaning “UVT Aero” aviakompaniyasi 4-avgustdan boshlab Qozon va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilishini haqida e’lon qildi.
Tatariston markazi va O‘zbekiston poytaxti o‘rtasidagi reyslar haftada bir marta — yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi amalga oshiriladi. Marshrutga Bombardier CRJ-200 samolyotlari xizmat ko‘rsatadi.
Parvozlar jadvali:
- Qozondan uchish — 22:30, Toshkentga kelish — 3:55;
- Toshkentdan uchish — 4:55, Qozonga yetib kelish — 6:30.
Bir tomonga chipta narxi 150 yevrodan boshlanadi (Markaziy bank kursi bo‘yicha 2,05 mln so‘m).
“UVT Aero” 2023-yil avgust oyida O‘zbekistonga parvoz qilish uchun ruxsat olgan, sentabr oyida esa Qozon-Samarqand-Qozon yo‘nalishi bo‘yicha haftalik parvozlarni boshlagan.
Joriy yilning fevral oyida aviatashuvchining Toshkent va Buxoroga reyslarni yo‘lga qo‘yish rejalari haqida ma’lum bo‘lgan edi.
“UVT Aero” aviakompaniyasi 2015-yilda havo transportida muntazam va charter yo‘lovchi tashishlarni amalga oshirish uchun litsenziya olgan. Xalqaro reyslarni amalga oshirish uchun esa 2017-yilda ruxsat olingan.
Avvalroq “Spot” “Qanot Sharq” Namangandan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgandi.
Yangi yo‘nalish bo‘yicha reyslar haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.