“Bahouddin Naqshband” yodgorlik majmuasi markazi tomonidan, Raqobatni qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasiga murojaat kelib tushgan.
Murojaatda elektr tarmoqlari amalda belgilangan tarifga nisbatan qo‘shimcha to‘lov hisoblanayotganligidan norozi bo‘lib, ushbu masalada amaliy yordam so‘ralgan.
Hukumatning tegishli qarorlari bilan O‘zbekiston hududidagi diniy tashkilotlar 2003-yil 1-sentabrdan boshlab ularga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlarga to‘lovlarni aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha to‘lashi ko‘rsatilgan.
Olib borilgan o‘rganishlar jarayonida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” tomonidan “Bahouddin Naqshband” yodgorlik majmuasi markaziga yetkazib berilgan elektr energiya uchun yuritilgan hisob-kitoblarda yuqoridagi qaror talablariga rioya qilmagan holda amalda belgilangan tariflarni oshirib qo‘llagan.
Buning natijasida majmuaga nisbatan 115 mln so‘mlik qo‘shimcha to‘lov hisoblanganligi aniqlangan.
Shu munosabat bilan, boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi"ning “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari"ga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi.
Avvalroq “Spot” Raqobat qo‘mitasi Andijondagi Shangfeng sement zavodiga qarshi ish qo‘zg‘atgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, mahalliy ishlab chiqaruvchilar qo‘shma korxonani o‘z mahsulotlarini tannarxidan past narxlarda sotishda ayblamoqda.