Oltin narxi payshanba kuni may oyining oxiridan beri eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Bu haqda “Interfax” nashri xabar berdi.

“Nymex” birjasidagi oltin avgust fyucherslari narxi 1,9%ga oshib, unsiya uchun $2424,8ni tashkil qildi. Shartnomalar may oyining oxiridan beri birinchi marta bir unsiya $2400dan oshdi.

Oltin narxi 20-may kuni rekord darajaga — bir unsiya uchun $2477ga yetdi, shundan so‘ng u keskin pasaydi.

“XS.com” brokerlik kompaniyasi tahlilchisi Samer Xasnning aytishicha, sentabr oyida “Fed” stavkasini pasaytirish bo‘yicha kutilayotgan ortib borayotgan umidlar oltin bozorini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Xabar nashr qilinayoygan vaqtda “Trading Economics"da oltin narxi $2402,7ni tashkil qildi.

oltin narxi


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari biroz kamaygani haqida yozgandi.

Iyun oyida mamlakat zaxiralari qariyb $300 mlnga pasayib, $36,3 mlrdni tashkil etdi.