2024-yilgi Parij Olimpiadasi vaqtida uchar taksilar va ularning parvozlaridan foydalanishga ruxsat berildi. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar berdi.
Aéroports de Paris (ADP) guruhi Parij shahri ichida, Sena daryosi bo‘yidagi Quai de Osterlitz qirg‘og‘ida, 13-okrugda joylashgan vertolyot maydonchasi loyihasi va ishlashiga rahbarlik qiladi.
Maydoncha “Vertiport de Paris-Austerlitz” deb ataladi, u jamoat havo harakati uchun mo‘ljallangan. Ammo vertolyotlarni boshqaradigan barcha kompaniyalar ham o‘z samolyotlarini boshqara olmaydi.
Olimpiada vaqtida faqat Germaniyaning “Volocopter” samolyot ishlab chiqaruvchisi o‘zining uchar taksilarini boshqarishi mumkin.
Qayd etilishicha, faqat “Volocopter” ishlab chiqaruvchisining “Volocity” tipidagi vertolyotlariga maydonchadan foydalanishga ruxsat beriladi.
“Volocopter” faqat soat 8:00dan 17:00gacha parvozlarni amalga oshirishi mumkin va soatiga faqat ikkita reys bo‘lishi kerak. Shuningdek, uchar taksilar tartibga solish muddati davomida 900 tagacha reysni amalga oshirishi mumkin.
Parijdagi 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlaridan keyin samolyotlar 120 metrdan 300 metrgacha balandlikda ishlaydi.
“Journal officiel de la République française” jurnalida chop etilgan farmonda vertolyot maydonchasi 2024-yil 31-dekabrgacha ishlashi mumkinligi aytilgan.
Avvalroq “Spot” Saudiya Arabistoni haj vaqtida uchuvchisiz havo taksisini ishga tushirgani haqida yozgandi.
Uning vazifalariga ziyoratchilarni tashish, tibbiy jihozlar va zarur yuklarni yetkazib berish hamda tez yordam ko‘rsatish kiradi.