Startaplar uchun “Pizza Pitch XL” tadbiriga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda hamjamiyat matbuot xizmati xabar bermoqda.
Loyiha BMT Taraqqiyot dasturi loyihasi hamda “C-Space” va “CS// Angels Club” tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Unda “EdTech”, “Entertainment”, “E-commerce”, “MedTech”, “Fintech”, “Agri Tech” va “ERP/CRM” kabi sohalar bo‘yicha startap uchun g‘oya yoki tayyor loyihalarga ega bo‘lganlar ishtirok etishlari mumkin.
Loyiha ishtirokchilarga Lissabondagi “Web Sammit"da ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi.
Bundan tashqari uning doirasida loyihalarni keng auditoriyaga taqdim etish, tajribali tadbirkorlardan maslahatlar olish mumkin.
Tadbirda ishtirok etish uchun bepul bo‘lib, buning uchun havola orqali 10-avgustgacha ariza topshirish kerak.
Loyiha joriy yilning 17-avgust kuni “U-Enter” biznes markazida o‘tkaziladi. Batafsil ma’lumotlarni havola orqali olish mumkin.
Avvalroq IT-sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uch yilga soliqlardan ozod etilishi haqida xabar berilgandi. Ularga “IT Park” rezidenti maqomi berilib, tibbiyot, sport va ofisdan foydalanishlari uchun ijtimoiy karta bilan ta’minlanadi.