“Tesla” robotaxi taqdimotini 2024-yilning oktabriga qoldirdi, deya xabar bermoqda “Bloomberg” nashri.

Qayd etilishicha, 2024-yil 8-avgust kuni “Tesla” robotaksini taqdim etishi kerak edi. Ta’kidlashicha, mashina esa bir qator yaxshilanishlarni talab qiladi.

Yangilik natijasida “Tesla” aksiyalari 8%ga tushib ketdi. Savdolar e’lon qilingan paytda bir aksiya uchun $241,03ni tashkil etdi, qimmatli qog‘ozlar $236,9ga tushdi.

Taqdimot oktabr oyida bo‘lib o‘tgan taqdirda ham, bu mashina tezda sotuvga chiqishiga kafolat bermaydi.

“Tesla” 2019-yilda “Cybertruck” elektr pikapini taqdim etdi va 2023-yil noyabr oyining oxirigacha yetkazib berishni boshlamadi.

2024-yilning birinchi choragida “Tesla"ning daromadi o‘tgan yilga nisbatan 9%ga, sof foyda esa 55%ga, yetkazib berishlar esa $1,13 mlrdga qisqardi.

Kompaniya buni Berlindagi zavoddagi yong‘in, Qizil dengizdagi mojaro tufayli logistika muammolari va ishlab chiqarishni yangilangan “Model 3"ga moslashtirish zarurati bilan izohladi.


Avvalroq “Spot” Ilon Mask “Tesla Roadster” uchar elektromobilini chiqarishi mumkinligi haqida yozgandi.

Taxminlarga ko‘ra, elektromobil konturi bo‘ylab joylashgan raketa dvigatellari tufayli yerdan 1−1,8 metr balandlikda ucha oladi.